Barkashli Maxdiy




Barkashli Maxdiy (1911, Tabriz -1988) — eron musiqashunosi. Musiqashunoslik va fizika fanlari doktori. Oʻrta asr musiqa nazariyasi, jumladan, Forobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marogʻiy musiqiy risolalari tadqiqotchilaridan. Eron dastgohlari nashriga hissa qoʻshgan, musiqa akustikasi muammolariga bagʻishlangan asarlar muallifi. Tehron xalqaro musiqashunoslar kongressining (1962) tashkilotchilaridan. 1975-yil Toshkent davlat konservatoriyasida "Eron dastgohlari", "Forobiy nazariyasi", "Musiqaviy akustika" hamda "Zamonaviy Eron musiqasining ijodiy muammolari" mavzuida maʼruza va mashgʻulotlar oʻtkazgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz