BARKASHLI MAXDIY



BARKASHLI MAXDIY (1911, Tabriz -1988) — Eron musiqashunosi. Musiqashunoslik va fizika fanlari doktori. O’rta asr musiqa nazariyasi, jumladan, Forobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marog’iy musiqiy risolalari tadqiqotchilaridan. Eron dastgohlari nashriga hissa qo’shgan, musiqa akustikasi muammolariga bag’ishlangan asarlar muallifi. Tehron xalqaro musiqashunoslar Kongressining (1962) tashkilotchilaridan. 1975 yil Toshkent davlat konservatoriyasida “Eron dastgohlari”, “Forobiy nazariyasi”, “Musiqaviy akustika” hamda “zamonaviy Eron musiqasining ijodiy muammolari” mavzuida ma’ruza va mashg’ulotlar o’tkazgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz