BARITON (italyancha baritono, Yunoncha barus — vazmin, past; ton—tovush) — 1) erkak xonandalar ovozining bir turi, balandligi jihatidan bas bilan tenor oralig’ida. Diapazoni katta oktavadagi lyasi bilan birinchi oktavadagi sol o’rtasida. Lirik va dramatik turlarga bo’linadi. O’zbek xonandalaridan M. Qoriyoqubov, N. Hoshimov, S. Benyaminov, chet el xonandalaridan D. Fisherdiskau, M. Mago-Mas V, G. Ots, D. Xvorostovskiylar Bariton ovozlari bilan mashhur; 2) torlikamonli musiqa asbobi (18- asr). Unda 6 — 7 asosiy va 7— 20 rezonans (aks sado) beruvchi torlar bo’lgan; 3) mundshtukli puflama musiqa asbobi, trubadan bir oktava past tovush beradi. Puflama sozlar (asosan, harbiy) orkestrlarida qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish