BARION ZARYAD



BARION ZARYAD (barion son) (V) – barionlarning ichki xarakteristikalaridan biri. Barcha barionlar uchun V = +1, antibarionlar uchun V = -1, qolgan barcha elementar zarralar uchun V=0. U holda barionlarning paydo bo’lish, o’zaro ta’sirlashish va emirilish reaktsiyasini Barion zaryad saqlanish qonuni bilan ifodalash mumkin. Reaktsiya paytida antibaryon faqat barion bilan juft holda paydo bo’ladi. Barion zaryad saqlanish qonuni elektr zaryadining saqlanish qonuni singari yaxshi o’rganilmagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz