BARIMTA
BARIMTA, baranta — ko’chmanchi qabilalarda bir uruqqa boshqa bir urug’ tomonidan yetkazilgan zararni to’lashga yoki tahqir qilingan tomonning izzat-nafsini qondirishga majbur etish maqsadida garov tariqasida uning mollarini qurolli yo’l bilan haydab ketish yoki mol-mulkini bosib olish odati. Masalan, qozoqlarda javobgar tomon jarima to’lashdan bosh tortgudek bo’lsa, biylar sudi tomonidan Barimta haqida qaror chiqarilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz