BARG NAQSHLARI



BARG NAQSHLARI – islimiy naqsh elementi; o’simlik bargining bezak san’atidagi badiiy ifodasi, naqsh mujassamotini tashkil etuvchi asosiy elementlardan. Badiiy hunarmandlik (naqqoshlik, ganchkorlik, kulollik, miskarlik, kashtado’zlik va boshqalar) da keng qo’llaniladi. Tabiatda uchraydigan o’simlik Barg naqshlari ustalar tomonidan bezakda uslublashtirib olinadi hamda turli (shobarg, qo’shbarg, chorbarg, madohil barg va hokazolar) ko’rinishlarda sodda va murakkab holda aks ettiriladi. Chizma, bo’yama, o’yma, tikma naqshlarda Barg naqshlarining 50 dan ortiq turi uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz