Barelef




Barelef (frans. bas-relief — past relef) — boʻrtma tasvir; haykaltaroshlikda relef turi. Zamin (fon) sathidan boʻrttirib ishlangan tasvir asli shaklining yarmidan ortmasa (mas, tanga, nishon yuzasiga ishlangan tasvirlar) B. deb ataladi. B. me’moriy inshootlar bezagi va bezak san’ati asarlarida keng tarqalgan, shuningdek haykal oʻrnatiladigan taglik, supa (postament), stela, yodgorlik lavha va b.da keng qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz