BARDIN



BARDIN (Bardeen) Jon (1908 -1991) — amerikalik fizik, AQSh Millim akademiyasi a’zosi, Illinoys universiteti professor (1951 yildan). Birinchi tranzistorni yaratdi (1948, U. Bratgeyn bilan birgalikda). O’ta o’tkazuvchanlikning mikroskopik nazariyasi mualliflaridan biri (1957). Bardin fizika bo’yicha ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan yagona olim (1956, U. Bratteyn va U. Shokli bilan birgalikda; 1972, L. Kuper va J. Shriffer bilan birgalikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz