BARDI
BARDI, qiyoq (Carex) — hiloldoshlar (bardidoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. To’p-to’p bo’lib o’sadi. Poyasi uch qirrali, bo’g’imsiz. Barglari tasmasimon, tilchasiz, yopiq qinli, qatgiq, chetlari g’adir-budur. Gullari mayda, rangsiz, ikki yoki bir jinsli, ba’zan ikki uyli bo’lib, ro’vaksimon, soyabonsimon, boshoqsimon murakkab to’pgul shaklida joylashgan. Mevasi yong’oqcha. 2 mingga yaqin turi bor, ko’pincha mo”tadil va sovuq iqlimli mamlakatlarda o’sadi. Mollarga ozuqali qimmati kam. Ba’zi turlari (masalan, qumloq Bardi) dori sifatida ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz