Barco ko'li




Barco koʻli  – Florida shtatining Putnam okrugida, Ordvey-Swisher biologik stantsiyasida joylashgan. Koʻlning shakli dumaloq ham 200 metr diametrga ega. Eng yaqin aholi yashash punkti Florida shtatining Melrose shahri hisoblanadi. Shahar koʻldan taxminan 5 kilometr (3.1 mi) shimoli-gʻarbda.

Xususiyatlari



Barco koʻli – ushbu mintaqaga xos boʻlgan chuqur koʻl hisoblanadi. Mintaqadagi yer usti qatlami nisbatan qattiq boʻlib, atrofida togʻli konlar mavjud. Floridaning yuqori qatlamlaridan sifatli ohaktoshlar ham olinadi. Koʻlning tubi organik moddalarga boy choʻkindilari qatlamga ega. Choʻkindilarning asosiy qismini qumlar tashkil etadi. Qatlamlarda Hawthorn gillari va qumlari, undan pastroqda Floridaning ssifatli Ocala ohaktoshlari joylashgan.

Hududning gidrologiyasini oʻrganish uchun Barco va Suggs koʻllari yaqinida er osti suvlarini kuzatish quduqlari oʻrnatilgan.

Koʻlning oʻrtacha yillik harorati 20 °C (68 °F) darajani va oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1,280 millimetr (50 in)ni tashkil etadi. Yil davomida moʻtadil ob-havo kuzatiladi. Koʻl shimol va shimoli-sharqdan gʻarb va janubga oqib chiquvchi sayoz yer osti suvlari bilan toʻlib turadi. Koʻl ostidan chuqurroq yer osti suvlari ham oqishi aniqlangan.

Mutaxasislarning aniqlashlaricha, koʻldagi suvning bir qismi parlanadi. Yana bir qismi esa koʻl tubidagi qatlamlarga singib ketadi. 1950-yillarda sanoat zonalaridan chiqadigan zararli chiqindilar Barco koʻliga oqizilyotgani haqida xabar qilishdi. Koʻldagi ortiqcha chiqindilar suvning kimyoviy tarkibining oʻzgarishiga sabab boʻldi.

Ekologiyasi



Koʻl doimiy yashil oʻrmon va aralash butalar bilan oʻralgan. Koʻldan quruqlikda yashovchi amfibiyalar, muhofazaga olingan gopher qurbaqalarining koʻpayish joyi sifatida foydalanadilar. Bu yer sutemizuvchilar va qushlar uchun ham muhim suv manbayi hisoblanadi. Milliy ekologik tadqiqot vakillari koʻldan yer usti mikroblari, makroumurtqasizlar va zooplankton kabi suv jonzodlari kabi namunalar olishadi.

Manbalar




 

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz