Barcena vulqoni




Barcena vulqoni — Meksikaning San-Benedikto orolining janubiy qismida joylashgan faol, ammo hozirda otilayotgan shlakli konus turidagi vulqon. Meksikadagi Revillagigedo orollari deb nomlanuvchi vulqon orollari zanjiri bilan bir jamoada joylashgan. Bu orollar bir-biriga yaqin joylashgan va bu zanjir Tinch okeanida joylashgan. Ular, shuningdek, Trans-Meksika vulqon kamarining ham bir qismi hisoblanadi. Barcena vulqoni Quyi Kaliforniya yarim orolining janubi-sharqiy qirgʻogʻidan 220 milya (353,98 kilometr) uzoqlikda joylashgan. Barcena vulqoniga eng yaqin shahar — Kabo San Lukas shahri hisoblanadi.

Portlash/yaralishi



Barcena vulqoni 1952-yil 1-avgustda boshlangan bir qator otilishlar natijasida paydo boʻlgan. Birinchi otilish erta tongda sodir boʻlgan va vulqon shkalasi boʻyicha 3,0 ball bilan baholangan. Ushbu vulqon otilishi natijasida osmonga juda koʻp miqdorda kul tarqalgan, atrifga esa toshlar sachratilgan. Otilish vulqon poydevorining shakllanishi va orolning umumiy kengayishiga sabab boʻlgan, ikkinchi otilish vulqon konusining ichida katta kraterning paydo boʻlishiga zamin yaratdi, uchinchisida esa orol vulqon sababli qalin lava qoplamasi bilan qoplandi. Barcena vulqonidagi asosiy portlashlar shlakli konus ogʻzidagi asosiy kraterdan otilib chiqqan. Vulqonni yaratgan otilishlar seriyasi uetti oydan kamroq vaqt oʻtgach oʻz nihoyasiga yetdi. Oʻzining eng yuqori choʻqqisida Barcena vulqonining balandligi 1090 futga (332 metr) ga teng. Vulqon bugungi kunda ham faol vulqonlar roʻyxatida turadi. Lekin 1953-yildan buyon vulqon harakati kuzatilmagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz