Barbie
Barbie (talaffuzi: Barbi) bolalar uchun moʻljallangan moda qoʻgʻirchoqdir. Ilk marotaba 1956-yilning martida Mattel, Inc shirkati tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu qoʻgʻirchoqni amerikalik ishbilarmon ayol Ruth Handler Bild Lilli nomli olmon qoʻgʻirchogʻidan ilhomlangan holda yaratgan.
Mattel shirkati shu kungacha Barbie qoʻgʻirchoqlaridan milliardan ortiq donada sotishga muvaffaq boʻldi. Barbie va uning eng yaqin oʻgʻil bola doʻsti — Ken jahondagi eng mashhur ikki qoʻgʻirchoq oʻlaroq tasvirlanadi.
2001-yildan boshlab Barbie qoʻgʻirchoqlariga asoslangan koʻplab kompyuter-animatsion filmlar ishlandi. Ushbu filmlar 2017-yilga qadar AQShning Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org