Barbara Bouchet




Barbara Bouchet (nemischada ismi: Bärbel Gutscher ; 1943-yil, 15-avgust) — nemis-amerikalik millatiga mansub Italiyada istiqomat qiladigan va ishlaydigan aktrisa hamda tadbirkor.

U 80 dan ortiq filmlar va televizion epizodlarda rol oʻynagan va fitnes boʻyicha videolar hamda kitoblar ishlab chiqaradigan produserlik kompaniyasiga asos solgan. Shuningdek, u fitnes studiyasiga egalik qiladi va uni boshqaradi. U Casino Royale (1967) filmida Miss Moneypenny rolida, „Donʼt Torture a Duckling“ (1972) filmida Patrizia rolida, „Sweet Charity“da (1969) Ursula rolida, The Red Queen Kills Seven Times (1972) filmida Kitty Wildenbruck rolida, Caliber 9 (1972)da Nelly Bordon rolida, The Scarlet and The Black filmida (1983) Minna Kappler rolida va Martin Scorsesening „Gangs of New York“ filmida (2002) Missis Schermerhorn rolida koʻrinish bergan.

Yoshligi



Bärbel Gutscher Fashistlar Germaniyasiga berilgan Chexoslovakiyaning bir qismi boʻlgan Sudetlendning Reyxenberg shahrida tugʻilgan va bugungi kunda ushbu shahar Chexiya Respublikasining bir qismidir. Uning toʻrtta ukasi bor. Uning otasi Frits fotograf, onasi Ingrid esa aktrisa edi.

U raqqosa sifatida kunning xit qoʻshiqlari ostida jonli raqsga tushgan va haftasiga olti kun televizorda boʻlish orqali mahalliy darajada tanilgan oʻsmir raqqosalardan biridir. Raqqosa 1959-yildan 1962-yilgacha shoularda qatnashgan, keyin kino sanoatiga kirish uchun Hollywoodga koʻchib oʻtgan va nemis tilidagi ismini fransuzcha Barbara Bouchetga oʻzgartirgan. 

Faoliyati



Bouchet oʻz karyerasini jurnal muqovalari uchun model sifatida rasmga tushish va televidenie reklama roliklarida suratga tushish bilan boshlagan. Uning birinchi aktyorlik roli „ What a way to go!“ filmidagi kichik roli edi (1964). Bu 1960-yillarda bir qator boshqa rollarga olib keladi. U "John Goldfarb, Please Come Home (1964), In Harm's Way (1964), and Agent for H.A.R.M. (1966) filmlarida suratga tushgan.

U Playboy jurnalining ikkita nashrida yarim yalangʻoch holda paydo boʻlgan: 1965-yil may (In Harm’s Way filmidan lavhalar) va 1967-yil fevral ("The Girls of Casino Royale ").

U Gregory Peck bilan muvaffaqiyatli telefilm boʻlgan „The Scarlet and The Black“ (1983) filmida rol oʻynagan. 1985-yilda u produserlik kompaniyasini tashkil etadi va fitnes boʻyicha kitoblar va videolarning muvaffaqiyatli seriyasini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bundan tashqari, Bouchet Rimda fitnes studiyasini ochadi. 2002-yilda Bouchet „ Gangs of New York“ filmida Missis Shermerhorn rolini oʻynagan.

Shaxsiy hayoti



1974-yilda Bouchet produser Luigi Borghesega turmushga chiqqqan va undan ikki oʻgʻil farzand koʻrgan: televizion oshpaz Alessandro (1976-yilda tugʻilgan) va barmen Massimiliano (1989-yilda tugʻilgan). Uning eri keyinchalik uning baʼzi filmlariga produserlik qiladi. Ular 2006-yilda ajralishadi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz