Barbara Bain
Barbara Bain (
Mildred Fogel ; 1931-yil 13-sentyabr) — amerikalik aktrisa. U „Mission: Impossible“ (1966—1969) serialidagi Cinnamon Karter roli bilan mashhur hisoblanadi. Bain 3 marotaba Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, „Oltin globus“ mukofoti nomzodi ham hisoblanadi. U Britaniyaning „Space: 1999“ (1975—1977) ilmiy-fantastik teleserialida doktor Helena Russell rolini gavdalantirgan. Bain, shuningdek , „Animals with the Tollkeeper“ (1998), " Panic „ (2000), “Fotgot Me Not" (2009) va "On the Rocks" (2020) filmlarida ham suratga tushgan.
Yoshligi
Bain (Mildred Fogel) Chikagoda (Illinoys shtati) rus-yahudiy muhojirlarning qizi boʻlib tugʻilgan. U Illinoys universitetini sotsiologiya boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Raqs tushishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirib, Nyu-York shahriga koʻchib oʻtadi va u yerda Marta Graham bilan birga tahsil oladi. Raqqosa sifatidagi faoliyatidan norozi boʻlib, u modelling sohasiga qoʻl uradi. Vogue, Harper’s va boshqa nashrlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.
Bain teatr studiyalarida aktyorlik mahoratini oʻrganish uchun harakat qiladi. Avval Curt Conway, keyin Lonny Chapmanlardan ushbu soha sirlarini oʻrganishga kirishadi.
Karyerasi
1965-yilda u seriallar yulduzi Jerry Van Dyke bilan birga „ My Mother The Car“ epizodida mehmon rolini ijro etadi. Unda Avery Schreiberning kapitan Bernard Manzini roli ham aks etgan. U, shuningdek, 1966-yilgi seriyaning soʻnggi epizodida Van Dyke bilan birga paydo boʻlgan.
1998-yilda Bain Walker, Texas Rangerning „Saving Grace“ epizodida ona ustuni sifatida paydo boʻladi. 2006-yilda u CSI: Crime Scene Investigation („Living Legends“ epizodi). 2008-yilda qizi Juliet Landau bilan birga rol ijro etgan Bain Ben 10: Alien Force epizodi boʻlgan „What Are Little Girls Made Of?“ filmida Verdona Tennyson obrazini ijro etgan.
2016-yil 28-aprelda Bain Hollywood Boulevard 6767da joylashgan Hollywood shon-shuhrat xiyobonida 2579-yulduz bilan taqdirlanadi. Bir umrlik doʻstlari Edward Asner va Dick Van Dyke yulduzning ochilishida nutq soʻzlashadi.
Shaxsiy hayoti
Bain 1957-yilda aktyor Martin Landauga turmushga chiqadi. Ular 1993-yilda ajrashishgan. Ularning ikkita qizi bor: produser Syuzan Landau Finch va aktrisa Juliet Landau.
Bain klaustrofobiyadan aziyat chekadi. Ushbu jihatni „Mission: Impossible“ filmi mualliflari „The Exchange“ epizodida Bain gavdalantirgan obraz xarakteriga kiritadilar.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org