Barban
Barban (italyancha: Barbana,Čakavian Barbon yoki Brban) – Xorvatiyaning sharqiy Istriya janubidagi kichik shaharcha va munisipalitet.
Barban munitsipaliteti 100 km ga yaqin hududni egallaydi. Aholisi 2491 kishi boʻlgan 72 ta qishloqni oʻz ichiga oladi.
Tarix
Bronza davriga oid tarixiy joy, tepalik qal’asida joylashgan boʻlib, taxminan 3,400-4,000 yil oldin paydo boʻlgan ushbu joyda tarixiy insonning qoldiqlari topilgan. Barban nomi birinchi marta eramizning 740-yilgi cherkov hujjatida uchraydi. Oʻrta asrlarda shahar Pazin feodallari nazorati ostida yaratilgan birqancha inshoatlar, oʻrta asr istehkomlarining bir qismi haligacha mavjud. 13-asrning ikkinchi yarmida, 1312-yilda vabo tufayli aholi punktlari qirib tashlangan, Goriziya graflari tomonidan olib kelingan Finodollik Dalmatiyaliklarning kichik koloniyasi bu hududga joylashdi.
1374-yilda, graf Pazin Albert IV vafotidan soʻng, u Gabsburg mulkiga aylandi va 16-asrda Venetsiya Respublikasi tomonidan bosib olindi. Loredan zodagonlar oilasi 1535-yilda Pazindagi grafliklardan Barbanni sotib oldi.
Velika Vrata (Buyuk darvoza, 1718-yil) orqali oʻtadigan asosiy maydonda Barokko qurbongohlari va 16-18-asrlardagi Venetsiyalik ustalarning rasmlari, soʻnggi gotika uslubidagi tosh chodiri va rasmlari, yogʻoch barokko haykallari boʻlgan Nikolay cherkovi joylashgan.
Aholisi
2011-yil maʼlumotlariga koʻra aholi soni 2721 kishi bor boʻlgan boʻlib ularning 75% xorvatlar tashkil qilgan edi. Barban shahrining oʻzida 221 kishi istiqomat qilar edi. Roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra 2021-yil aholi soni 2,491 kishi boʻlib, shaharda jami 218 kishi istiqomat qiladi. Sutivanac qishlogʻi munitsipalitetdagi eng katta qishloqdir.
Prstenac turniri
Har yili avgust oyining 3 yakshanbasida Barban shahrida Trka na prstenac nomi bilan tanilgan va Sinjska alkaga juda oʻxshash ot sporti turniri oʻtkaziladi. U kelib chiqishi jihatidan ancha qadimgi va bugungi kunda Italiyaning bir qancha oʻrta asr shaharlarida turli shakllarda nishonlanadi. Barbanda 1696-yilga borib taqaladigan oʻrta asr jousting oʻyiniga oʻshash oʻyindir. Ushbu anʼana sayyohlar va tomoshabinlarni jonli va mashhur bayramga jalb qiladi.
Manbalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org