BARANOVSKIY YEVGENIY NIKOLAYEVICH
BARANOVSKIY YEVGENIY NIKOLAYEVICH [1907.15 (28). 3, Orenburg – 1981.5.9, Moskva] — balet artisti, baletmeyster. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1955). Dastlab tsirkda akrobatlik qilgan. 1929 — 39 yillarda Toshkent opera va balet teatrida raqqos, ayni vaqtda E. Obuxovadan mumtoz raqs, usta olim Komilov, M. Turg’unboyevadan o’zbek raqsini o’rgangan. 1939 — 48 yillarda Navoiy teatri baletmeysteri. Baranovskiy O’zbek Davlat filarmoniyasi (1949 — 56) va Muqimiy teatrida (1956 — 68) bosh baletmeyster. Bir qancha balet va musiqali dramalar raqslarini sahnalashtirgan. Uning “Baliqchi”, “Oq oltin”, “Mirzacho’l”, “Paxtakor” kabi estrada raqslari xam mashhur. 1939 — 43 yillar M. Turg’unboyeva bilan hamkorlikda “Paxta”, “Xorazm raqsi”, “Askarlar”, “Tanavor” kabi raqslarni yaratgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz