Baranovichi




Baranovichi — Belarus Respublikasining Brest viloyatidagi shahar (1919-yildan). Yirik temir yoʻl tuguni. Aholisi 167 ming kishi (1999). Baranovichi 19-asrning 70-yillarida vujudga kelgan. Shaharda avtomobil agregatlari, avtomatik liniyalar, stanok jihozlari, ventilyatsiya asboblari, temir-beton konstruksiyalari, moy, sut va pivo zavodlari, goʻshtkonserva, un, non kombinatlari, ip gazlama ishlab chiqarish birlashmasi, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj va mebel fabrikalari va boshqa korxonalar mavjud. Qurilish materiallari, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari, oʻyinchoq, badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Texnologiya, yengil sanoat texnikumlari, musiqa, tibbiyot bilim yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz