Bar (toʻsiq)




Bar (ing . bar — toʻsiq) — dengizning qirgʻoqqa yaqin qismida unga paralel choʻzilgan, qum yoki chigʻanoqlar toʻplamidan hosil boʻlgan kambar toʻsiq, quruqlik. Toʻlqin keltirmalaridan hosil boʻladi. Baʼzan yuzlab km.ga choʻziladi. B. koʻpincha egik marza shaklida boʻlib, qavariq qismi dengiz yoki qirgʻoq tomonga qaragan boʻladi. Dengizning chekka qismini ajratib qoʻyib, qoʻltiq va koʻllar hosil qiladi. Daryolar quyiladigan joydagi suv osti qum toʻsigʻi ham B. deyiladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz