Baqtriylar




Baqtriylar qadimgi davrlardan V asrgacha Baqtriya: hozirgi Tojikiston, Oʻzbekiston va Afgʻonistonga tutash hududlarda, janubda Hindukush togʻ tizmasi va shimolda Fargʻona vodiysi oraligʻida yashagan tarixiy xalqdir. Mamlakat poytaxti Afgʻoniston shimolidagi Balx shahri edi. Baqtriylar hind-yevropa tillari oilasining hind-eroniy tillarining bir tarmogʻi boʻlmish eroniy tillaridan boʻlgan baqtriy tilida soʻzlashganlar.

Ajdodlari



Qadimda Baqtriya hududida mil. avv. XXIII—XVIII asrlarda Baqtriya–Margʻiyona arxeologik majmuasi (BMAM) mavjud boʻlgan. Rus arxeologlari V.I. Sarianidiy va M.Ye. Masson tomonidan Namozgohtepa, Oltintepa va boshqa bir qator joylar qazib oʻrganilganda oʻz davri uchun ulkan (jumladan, istehkomlar) inshootlarining asoslari aniqlangan. Boʻyoqsiz sopol idishlar, ikki yarusli sopol qoʻralar, mis va bronzadan yasalgan quyma buyumlar (pichoq, xanjar, koʻzgu), aravalarning loydan yasalgan maketlari aniqlangan. Tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari topilgan. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik buyumlari shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligidan dalolat beradi. Muhrlardan biridagi piktogrammalar aholi punktlarida maxsus yozuv tizimining mavjud boʻlganligini koʻrsatadi.

Olimlar tomonidan 2019-yilda olib borilgan tadqiqot BMAMning asosiy aholisi asosan eneolit ​​davridan avvalgi mahalliy xalqlardan kelib chiqqanligini aniqlandi. Ular BMAM hududidan olingan namunalar proto-hind-yevropaliklar hisoblangan Yamnaya madaniyati odamlaridan kelib chiqqanligi haqida hech qanday dalil topmadilar.

Islom yoyilishidan oldin bu hududning asosiy dinlari zardushtiylik va buddizm boʻlgan.

Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi




Miloddan avvalgi VI asr oʻrtalarida Baqtriya Kir II tomonidan bosib olindi va Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritildi. Gerodotning aytishicha, baqtriyaliklar va saklar Bobilni bosib olishda qatnashganlar.

Baqtriya Doro I ning Behistun kitobalarida qayd etilgan.

Gerodotning „Tarix“ asarida baqtriylar haqida muhim ma’lumotlar mavjud. Asarda ular fors podshohlariga tobe boʻlib, ularga oʻlpon toʻlashlari va ularning harbiy yurishlarida qatnashishlari aytib oʻtilgan.

Baqtriylar Ahamoniylarning fors qoʻshinida xizmat qilgan. Egey dengizidagi Salaminda ular Doro III ning bevosita qoʻmondonligi ostida edilar. Gavgamela qoʻl ostida Baqtriya otliqlari makedonlarga qarshi kurashda qoʻllari baland kelgan.

Doro III Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) tomonidan magʻlubiyatga uchradi va Baqtriya satrapi Bess tomonidan oʻldirildi. Bess oʻzini qirol deb eʼlon qildi va Artakserks V nomini oldi va qarshi hujum rejasini amalga oshirmoqchi boʻldi, ammo boshqa sarkardalar tomonidan qoʻlga olinib, Iskandarga topshirildi. Keyin uni qiynoqqa solishdi va oʻldirishdi.

Tili



Baqtriylar tili gʻarbiy va sharqiy eroniy tillari oʻrtasida oraliq til boʻlib, parfiya tili bilan deyarli xorazmiy hamda sugʻd tili bilan oʻxshashliklarga ega.

Baqtriy tili namunalari mil. avv. I—IX asr oid boʻlgan Kushonlar davriga oid tangalar, muhrlarda uchraydi. Baqtriya tili yagona yozuv tizimi yunon yozuviga asoslangan oʻrta eroniy til hisoblanib, bu til pirovardida Iskandar Maqduniy tomonidan Baqtriyaning zabt etilishi va uning vafotidan keyin taxminan 200 yil davomida (miloddan avvalgi 323-yil) yunon hukmronligi saqlanib qolishi bilan bogʻliq.

Baqtriy tili oʻlik tilga aylangan boʻlib, uning davomchilari hozirgi pushtu, yidga tili, munjon va ishkashim tillari kabi shimoli-sharqiy eroniy tillari hisoblanadi.

Baqtriy tili yunon tilini oʻrniga, Kushonlar podsholigi va Baqtriya viloyatining lingva frankasiga aylangan. Baqtriy tili xalifalikka umaviylar kelguniga qadar isteʼmolda boʻlgan.

Avlodlari



Hozirgi tojiklar, Tojikistonning janubi va Afgʻonistonning shimoliy hududlarida yashovchi pomir xalqlari qadimgi baqtriyaliklarning avlodlaridir.

Tadqiqotchilarning fikricha, pushtun tili yoʻqolib ketgan baqtriy tiliga eng yaqin hozirda jonli til boʻlgan munjon tili bilan umumiy xususiyatlarga ega.

Hozirgi tojiklar Markaziy Osiyoning qadimgi sharqiy eroniy aholisining avlodlaridir. Xususan, tojiklar baqtriylar, gʻarbiy eroniy xalq boʻlmish forslar va eroniy boʻlmagan xalqlar aralashuvi natijasida shakllangan.

Sovet/rus etnograflari taʼkidlaganidek, oʻzbeklarning qadimgi ajdodlaridan biri baqtriylar boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz