BAQQOL (Arabcha — ko’katfurush, sabzavotfurush, g’allafurush) — bozor, guzar va mahallalardagi do’konchalarda mayda-chuyda ro’zg’or mollari, kundalik yegulik oziq-ovqatlar sotuvchi mayda savdogar. Baqqollar va Baqqollik do’konchalari Turkistonda o’rta asrdan 20-asrning 20-yilgacha keng tarqalgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi va boshqa qo’shni mamlakatlarda qayta faoliyat ko’rsata boshladi. Arab mamlakatlari, Eron, Afg’oniston va Turkiyada ham bor. Yevropa mamlakatlari, jumladan Rossiyada qo’llaniladigan “Bakaleya” atamasi Baqqol so’zidan olingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish