Baqo va fano




Baqo va fano (arab, baqo - boqiylik, barqarorlik; fano — foniylik, yoʻqolish, oʻtkinchilik) — oʻrta asr Sharq falsafasidagi tushuncha. Cheksizlik va cheklilik maʼnosida qoʻllanilgan. Islom dinida baqo — Alloh sifatlaridan biri. Baqo — barcha yaxshi sifatlarni oʻzida mujassam qilish deb ham tushuniladi. Fano — oʻzidagi barcha yomon sifatlarni yoʻq qilish yoʻli bilan Allohga yaqinlik hosil qilishlikdir. Sufiylikda fano maqomiga yetgach solik Allohning haqdigi va ulugʻligi toʻgʻrisidagi fikru zikrga gʻarq boʻlib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni unutib yuboradi. Bu maqom "fano filloh" deb ataladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz