BAQO VA FANO



BAQO VA FANO (Arabcha, baqo – boqiylik, barqarorlik; fano — foniylik, yo’qolish, o’tkinchilik) — o’rta asr Sharq falsafasidagi tushuncha. Cheksizlik va cheklilik ma’nosida qo’llanilgan. Islom dinida baqo — Alloh sifatlaridan biri. Baqo — barcha yaxshi sifatlarni o’zida mujassam qilish deb ham tushuniladi. Fano — o’zidagi barcha yomon sifatlarni yo’q qilish yo’li bilan Allohga yaqinlik hosil qilishlikdir. Sufiylikda fano maqomiga yetgach solik Allohning haqdigi va ulug’ligi to’g’risidagi fikru zikrga g’arq bo’lib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni unutib yuboradi. Bu maqom “fano filloh” deb ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz