Baqlajon ikrasi
Baqlajon ikrasi — baqlajondan tayyorlangan sabzavotli ikra.
Bu nafaqat mazali, balki foydali hisoblanadi, chunki baqlajonlar sogʻliq uchun foydalidir — xususan, baqlajonlarni isteʼmol qilish qon, jigar va buyraklardagi xolesterinni kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, baqlajon ikrasi vitamin va minerallarga boy.
„Rossiya haqida 500ta hayratlanarli fakt“ kitobida baqlajon ikrasi Rossiyada XVII-asrda paydo boʻlganligi va u Erondan keltirilgani taʼkidlangan.
1970-yillarning boshlarida SSSRda bankalarda konservalangan baqlajon ikrasi, odatda, doʻkon polkalarida koʻp miqdorda boʻlgan va u juda sust sotilgan. Bu haqiqat (bu ikra hech kimga kerak emasligi va / yoki juda koʻp uchrashi) Leonid Gaydayning „Ivan Vasilyevich kasbini oʻzgartiradi“ filmida „chet eldan keltirilgan baqlajon ikrasi“ haqidagi hazilda aks ettirilgan. Film ekranga chiqarilgandan soʻng baqlajon ikra dasturxonga tortish rusum boʻldi.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org