Baqanas
Bakanas — Qozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi daryo. Uz. 240 km, havza maydoni qariyb 25,1 ming km². Chingiztov tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, Balxash-Olakoʻl botigʻidagi qumliklarga singib ketadi. Asosan qordan toʻyinadi. Ayrim yillari qurib qoladi. Suvi sugʻorishga sarflanadi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org