BAQAJO’XORISI



BAQAJO’XORISI, torol (Lepidium latifolium L.) — krestguldoshlarga mansub ko’p yillik o’t. Poyasi tik o’sadi (40 -100 santimetr), suet shoxlanadi. Barglari yaxlit, cho’zinchoq, arra tishli. Gullari oq, shoda to’pgulga yig’ilgan. Mevasi qo’zoqcha (1,5 — 2 millimetr). Ildizi o’q ildiz. Maydan avgustgacha gullaydi va mevalaydi, iyun va sentabtda urug’laydi. Urug’idan va bachkisidan ko’payadi. Urug’lari 15 — 25° da unadi. O’rta Osiyo, Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz, G’arbiy Sibirda ko’p tarqalgan. Xalq tabobatida dorivor o’simlik sifatida ishlatiladi. O’zbekistonda g’allazor, bedapoya, paxtazorlarda, ariq bo’ylari, partov yerlar, bog’ va dalalarda begona o’t sifatida uchraydi. Ekin qator oralariga ishlov berish, o’toq qilish bilan yo’qotiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz