Baptiste Santamaria




Baptiste Santamaria (1995-yil 9-martda San-Dulshar shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Rennes“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Santamaria „Tours“ futbol klubining bitiruvchisi. 2013-yil 18-oktyabrda u Liga 2dagi debyutini „Sercle Athletic“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. Shuningdek, 22-noyabr kuni „Le Havre“ futbol klubiga qarshi bahsda Baptiste oʻzining „Tours“ futbol klubidagi birinchi golini urgan. 2016-yilning yozida Santamaria „Angers“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Hamda, 29-oktyabr kuni „En Avant Guingamp“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qilgan. 2017-yilda Santamaria klubning Fransiya kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan. Shu bilan bir qatorda, 2018-yil 15-sentyabrda „Dijon“ futbol klubiga qarshi bahsda Baptiste „Angers“ futbol klubi safida ilk golini urgan.

2020-yilning yozida Santamaria Germaniyaning „Freiburg im Breisgau“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer 10 million yevroni tashkil etgan va bu klub tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lgan. 27-sentyabr kuni „Wolfsburg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Germaniya Bundesligasida debyut qilgan. Shuningdek, 2021-yilning 2-yanvarida „Hoffenheim“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Baptiste „Freiburg im Breisgau“ futbol klubi safida ilk golini urgan.

2021-yilning yozida Santamaria „Rennes“ klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. Transfer summasi 14 million yevroni tashkil qilgan. 22-avgust kuni „Nant“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2022-yil 23-yanvarda „Clermont Foot“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Baptiste „Rennes“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz