Baobabdoshlar




Bombaksdoshlar , baobabdoshlar (Bombacaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Deyarli hamma turlari tropik mintaqada oʻsadi, tanasi yoʻgʻon, baʼzan tanasining oʻrta qismi bochkasimon boʻrtib chiqqan. Gullari yirik, toʻgʻri, qisman notoʻgʻri, ikki jinsli, koʻpincha yakka. Kosabarg va tojbarglari 5 tadan, baʼzan tojbarglari boʻlmaydi. Changchilari 5 ta yoki koʻp, u mumiy naychaga yopishgan, baʼzan alohida. 28 turkumi va 190 ga yaqin turi maʼlum. B. dan baobab, durian, paxta daraxti va boshqa foydali daraxtlar hisoblanadi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz