Banu mustaliq




Banu Mustaliq (arab. بنو المصطلق) – arab qabilasi. Bu qabila Banu Xuzoa qabilasining bir tarmogʻi boʻlib, Azdi Qahtoniy naslidan boʻlgan. Ular Qizil dengiz sohilidagi Jidda va Rabig oraligʻidagi Qadid hududida yashashgan.

Tarix



Leone Ketaniyning yozishicha, Makkadagi Quraysh qabilalariga ittifoqchi Banu mustaliq milodiy 626-yilning Shaʼbon oyida musulmonlar hujumiga uchragan. Musulmon qoʻshinlari va Banu Mustaliq qabilasi al-Muraysiy nomli buloq yonida toʻqnash keldi, Mustaliq qabilasi magʻlubiyatga uchradi, qabila boshligʻi al-Horis va boshqalar asirga olindi. Musulmonlar tomonidan olingan asirlar orasida al-Horisning qizi Juvayriya ham bor edi. U dastlab Muhammadning hamrohi Sobit ibn Qays ibn ash-Shammasning oʻljalari orasiga tushib qoldi. Qiynalgan Juvayriya Muhammaddan qutulish uchun yordam soʻradi. Muhammad unga turmushga chiqishni taklif qiladi. Shu bilan U va uning asirga tushgan qabiladoshlari qutulib qolishdi.

Hujum



Banu Mustaliq qavmiga hujum hijriy 6-yilning 8-(shaʼbon) oyi, 627-yil dekabrda boʻlib oʻtdi. 200 oila asirga olindi, 200 tuya va 5000 qoʻy-echki, shuningdek, katta miqdordagi xoʻjalik mollari oʻlja sifatida olindi. Uy-roʻzgʻor buyumlari kim oshdi savdosida eng yuqori baholarda sotildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz