Banu Davs




Banu Davs (arab. بنو دوس) Muhammad alayhissalom davridagi arab urugʻlaridan biri edi. Bu urugʻ Makkaning janubida joylashgan boʻlib, u Zahron qabilasining bir tarmogʻi boʻlgan. Banu Davsning rahbarlaridan biri Muhammad alayhissalomning sahobalari Tufayl ibn Amr edi.

Qiyomat qachon boʻlishi haqidagi hadislardan birida Banu Davs urugʻining nomi zikr qilingan:
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Davs ayollarining ketlari Zul-xalasa (tavofi)da selkillamaguncha, qiyomat qoim boʻlmaydi”, deganlarini eshitdim. Zul-xalasa johiliyya davrida Davs qabilasi tomonidan sig‘iniladigan but edi. (Imom Buxoriy rivoyati)

Banu Davslik mashhur shaxslar:



Tufayl ibn Amr Davsiy (r.a.)
Abu Hurayra (r.a.)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz