Banu Avar
Banu Avar- Eskishehirda 1955-yil 18-iyulda tugʻilgan, turkiyalik yozuvchi, jurnalist, boshlovchi va siyosiy sharhlovchi. Faoliyatini 1980-yilda Turkiyaning „Surech“ jurnalida boshlagan. Keyinchalik „Gunaydin“, „Dunya“, „Vatan“ kabi gazetalarda ishlagan.
Londondagi City universitetida magistrlik darajasini olgandan soʻng, u BBCda turk xabarlari boʻlimida radio muxbiri sifatida ishlagan va BBC hujjatli filmlar boʻlimida malaka oshirgan. Banu Avar Londondagi Turkiya radio va televideniye korporatsiyasiga (TRT) ishga taklif qilingan.Undan soʻng esa u mashhur 32 teledasturining muxbiri boʻlgan. 1985-yildan soʻng Banu Avar prodyuser boʻlib ishlagan. 1999-yilda u TRT uchun ikkita dastur yaratgan. U Discovery Channel va BBC uchun hujjatli filmlar ham suratga olgan.
1999-yilda u TV8 telekanalida hujjatli filmlar suratga olishni boshlagan va 2004-yilgacha u yerda rejissor sifatida ishlagan. Bu ishdan keyin faoliyatini, u TRT 1da davom ettirdi va hujjatli filmlar ishlab chiqara boshlagan. Hozirgacha televideniyeda uning 20 dan ortiq hujjatli filmlari namoyish etilgan. Shuningdek, u TRT 1 uchun kapitalizmga qarshi dastur taqdim etgan.
Fransiya, Niderlandiya, Isroil, Falastin, Oʻzbekiston, Eron, Jazoir, Daniya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida uning ishlari koʻrsatilgan. U Turkiya va boshqa Yevropa davlatlarini tanqid qila boshladi.
Mukofotlari
Film sohasidagi hissalari
Kitoblari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org