BANTOK GRENVILL



BANTOK GRENVILL (1868.7.8— London — 1946.16.10) — ingliz kompozitori, dirijyor. Musiqiy orientalizm (Sharq mavzulariga murojaat qilish) ning yirik namoyandasi, ilk ijodiy qadamlaridan Sharqqa murojaat qilgan. 1938 yil dunyo (xususan yaqin va O’rta Sharq) bo’ylab qilgan safarida Sharq mavzu va kuylarini to’plagan va asarlarida ulardan foydalangan. Jumladan, “Eron durdonasi” operasi, “Misr”, “Lalla Ruk” baletlari; xor va simfonik orkestr uchun “Umar Xayyom” (1906 — 09, uch turkumdan iborat), “Samarqandga oltin sayohat” (1922); ovoz va fortepiano uchun “Haram qo’shiqlari”, “Hofizning 5 ta g’azali”, “Sa’diy bog’i atir gullari” kabi turkumlar, boshqa Sharq shoirlari she’rlariga asarlar yaratgan. Arab (Misr), hind, yapon va boshqa xalqlar kuylarini qayta ishlagan. Jami 4 opera, 3 balet, 3 simfoniya, 6 programmali simfonik poema; 2 torli kvartet, 4 skripka va fortepiano uchun sonata; xor uchun 3 simfoniya, spektakllarga musiqa, bolalar uchun turli janrlardagi asarlar muallifi. 1947 yil Angliyada Bantok jamiyati tashkil etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz