Banteng




Banteng (Bibos javanicus), zond hoʻkizi — yovvoyi qoramol. Juft tuyoqlilar turkumining quvushshoxlilar oilasiga mansub. Gʻarbiy Hindiston, Hindixitoy, Yava, Bali, Sumatra orollarida, Malakka yarim orolida tarqalgan. Zebu hamda Osiyo qoramolining ajdodi hisoblanadi. Togʻ va tekisliklardagi oʻrmonlarda kichikroq poda boʻlib yashaydi, lekin qarisi yakka yashaydi. Tanasining uz. 2 m gacha, balandligi 1,5 m cha. Buqasi malla, sigiri toʻq qoʻngʻir tusda. Buqasining ogʻirligi 300 – 350 kg keladi. Oysimon qayrilgan shoxining uz. 40 —50 sm ga yetadi. Soni kamayib ketgan. Qoʻlga oʻrgatilgan (bali qoramoli), asosan goʻshti uchun boqiladi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish Kengashi Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz