BANKA



BANKA, Bangka — Indoneziyaga qarashli Orol. Katta zond orollari tarkibida. Maydoni 11,6 ming kilometr. Bosh shahri — Pankalpinang. Orolning ko’p qismi allyuvial tekislik, ba’zi joylarida granitli tepaliklar uchraydi. Eng baland joyi 699 metr. Bankada nam tropik o’rmonlar bor; botqoqlik ko’p. Qalayi qazib olinadi. Allyuvial, qirg’oqqa yaqin dengiz va gidrotermal konlar mavjud bo’lib, 1709 yildan boshlab foydalaniladi. Metallning umumiy zaxirasi 275 ming tonna chamasida. Sochilmalarda kassiterit miqdori 150 — 700 gramm/metr kub.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz