Bank siri
Bank siri — yuridik va jismoniy shaxslarning tijorat sirini himoya qiluvchi fuqarolik huquqining oʻziga xos instituti. „Bank siri toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 3-moddasiga muvofiq, bank siribank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
oʻz mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqalari va omonatlariga doir maʼlumotlar;
bank oʻz mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari koʻrsatish munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) toʻgʻrisida olgan maʼlumotlar;
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulkini, uning xususiyati va qiymati haqidagi maʼlumotlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org