BANK OPERATSIYALARI



BANK OPERATSIYALARI – banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qog’ozlar, aktsiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar bo’yicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga bo’linadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz