BANK MONOPOLIYALARI
BANK MONOPOLIYALARI – kontsentrasiyalashuv natijasida biror davlatdagi bank ishlarining bir necha yirik banklar qo’lida to’planishi. Moliya kapitali bozoridagi taklifda raqobatning bo’lmasligi bilan tavsiflanadi. Masalan, 1962 yil Angliyada bank kapitali umumiy summasining 90% besh bankka tegishli bo’lgan, 1968 yil AQShda rasman mustaqil hisoblanadigan 14 ming bank bo’lgan, lekin jami bank operatsiyalarining 25% 10 ta yirik tijorat banki hissasiga to’g’ri kelgan, 1995 yilda esa AQShdagi eng yirik hisoblangan “Cheyz of Manxetten” va “Kemikl” banklari o’zaro qo’shilib ketdi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz