BANJUL



BANJUL, Baterst — Gambiyaning poytaxti, eng katta port shahri, savdo va sanoat markazi. Aholisi 135 ming kishi (shahar atrofi bilan, 1995). Banjul 1816 yil Sent-Meri orolida qurila boshlagan va unga Britaniya mustamlakalar ministri Baterst nomi berilgan va 1973 yilgacha shu nomda atalgan. 1965 yildan mustaqil Gambiyaning poytaxti. Oziq-ovqat (yer yong’oq tozalash, yog’i. chiqarish, baliq konservalash) sanoati, daryo kemasozligi korxonalari, taxta tilish zavodlari bor. Gambiya tashqi savdosi muomalasining deyarli hammasi Banjul orqali o’tadi. Chetga yer yong’oq, teri xom ashyosi va mum chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Xalqaro aeroport va o’qituvchilar tayyorlovchi kollej bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz