BANIONIS DONATAS (1924. 28. 4) – Litva aktyori. 1941 yildan Panevej teatrida ishlaydi. 1980 yildan bosh rejissyor, 1984 — 88 yillar badiiy rahbar va direktor. Banionis ijrosi chuqur psixologik talqini, kuchli ehtirosga boyligi bilan ajralib turadi. “Hech kim o’lishni xoxlamasdi”, “O’lik mavsum”, “Goyya”, “Solyaris”, “Trest” operatsiyasi”, “Nikkolo Paganini” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Banionis ijodiga bag’ishlab “Men — kambag’al qirolman” va “Kichik shahardan chiqqan usta” nomli filmlar ishlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish