Bangladesh ozodlik urushi




Bangladesh ozodlik urushi (bengalcha: মুক্তিযুদ্ধ, talaffuzi: mukt̪iɟud̪d̪ʱo; shuningdek, Bangladesh mustaqillik urushi yoki Bangladeshning ozodlik uchun kurashi deb atash mumkin) — 1971-yilgi Bangladesh qatliomi natijasida oʻsha paytda Sharqiy Pokiston deb atalgan hududni Gʻarbiy Pokistondan (Pokiston) mustaqi qilish uchun bengal millatarvarlari va ozodlik tarafdorlari tomonidan olib borilgan qurolli toʻqnashuv va inqilobdir. Urush natijasida Bangladesh xalq respublikasi mustaqillikka erishgan. Urush boshlanishiga 1971-yil 25-mart tunida Gʻarbiy Pokistonda joylashgan harbiy xunta Sharqiy Pokiston aholisiga qarshi „Projektor“ operatsiyasini olib borgani sabab boʻlgan. Bu operatsiya bengal millatparvarlari, talabalar, ziyolilar, diniy ozchilik va qurollangan shaxslarni tizimli ravishda yoʻqotishni maqsad qilgandir. Xunta 1970-yilgi saylov natijalarini bekor qildi va tayinlangan Bosh vazir Shayx Madjibur Rahmonni hibsga oldi. Urush 1971-yil 16-dekabrda, Bangladeshda boʻlib turgan Gʻarbiy Pokiston harbiylari taslim boʻlganlaridan keyin tugadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz