Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari (2010–2019)




Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan xalqaro ayollar futbolida Bangladesh sharafini himoya qiladigan ayollar milliy assotsiatsiyasi futbol jamoasidir. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi aʼzosi boʻlib, hali Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi asosiy oʻyinlariga yoʻllanma ola olmagan.

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda oʻzining ilk chempionlik unvonini qoʻlga kiritganidan hozirda SAFF ayollar chempionatida amaldagi chempion boʻlib keloqda. Shuningdek, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi Janubiy Osiyo Federatsiyasi oʻyinlarida bronza medali va 2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Ushbu maqolada Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi tomonidan 2020-yildan hozirgi kungacha oʻynagan xalqaro futbol oʻyinlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari



Mintaqaviy




Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining umumiy natijalari



Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini 2010-yil 29-yanvarda Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi 2010-yilda Dakkada boʻlib oʻtgan Janubiy Osiyo oʻyinlarida oʻtkazdi va oʻsha oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi oʻyinlarda ajoyib taassurot qoldirdi va mos ravishda Shri-Lanka va keyin Pokiston ayollar milliy futbol terma jamoalariga qarshi ikkita ketma-ket gʻalaba qozondi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Hindiston terma jamoasidan 0:7 hisobida magʻlubiyatga uchragan boʻlsa-da, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi turnirda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yili oʻz maydonida oʻtkazilgan 2010-yilgi SAFF ayollar chempionatida ishtirok etishni davom ettirdi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Butan va Shri-Lanka ayollar milliy terma jamoalari (2:0 va 9:0) ustidan sezilarli gʻalaba qozonishdi, ammo yarim finalda Nepal terma jamoasidan magʻlub boʻlishdi.

2011-yilda futbol federatsiyasi Bangladesh ayollar futboli ligasini ochishga qaror qilgan edi. Keyingi yili Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi SAFF chempionatida qatnashib faol boʻldi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Hindiston va Shri-Lankaga magʻlub boʻlib, sardor Pru Suinuning goli evaziga Butanga qarshi yagona gʻalabaga erishdilar: 1:0. Shunga qaramay, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yilgi turnir guruh bosqichidan oʻta olmadi.

Tashkil topishi (2013—2020)



2012-yilgi SAFF ayollar chempionatidan soʻng Bangladesh Futbol Federatsiyasi ayollar jamoasi uchun tuzilma yaratishni boshladi. Boshqa tomondan, hukumat 2011-yildan boshlab Bangamata Shayx Fazilatunnesa Mujib Oltin Kubogi futbol turnirini boshlad. Unda butun mamlakat boʻylab bir qator futbolchilar har yili oʻzlarining futbol mahoratlarini namoyish etib, milliy terma jamoaning isteʼdodlar tarmogʻini mustahkamladilar. 2014-yilning oktyabr oyida Norio Tsukitate Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xorijlik bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi rahbariyati 2014-yilgi SAFF ayollar chempionati uchun deyarli bir yil davom etgan lagerni boshladi va Bangladesh terma jamoasi guruhdagi uchta oʻyinning ikkitasida gʻalaba qozondi va yarim finalga chiqdi. Yarim finalda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Turnir yakunlangach, Golam Robbani Choton bosh murabbiylik vazifasiga ketdi.

2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Maldiv orollari terma jamoasini 6:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi. Shunga qaramay, tajribasiz Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi finalda Hindiston ayollar terma jamoasiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining 2019-yilgi SAFF ayollar chempionatidagi taqdiri oʻzgarmadi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Hindiston ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdi.

Ushbu maqolada 2010-yildan 2019-yilgacha Bangladesh ayollar milli futbol terma jamoasining barcha xalqaro futbol oʻyinlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi



2022-yil 19-sentabr holatiga koʻra

Ushbu roʻyxatni tuzishda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan.

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining 2010-yildan 2019-yilgacha oʻtkazgan barcha oʻyinlar statistikasi



2019




2018




2017




2016




2014




2013




2012




2011




2010




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz