Bangladesh ayollar futbol ligasi




Bangladesh ayollar futbol ligasi 2011-yilda tashkil etilgan Bangladesh ayollar klublari o'rtasidagi oliy divizion futbol musobaqasidir. Liga Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan o'tkaziladi va boshqariladi.

Tarixi



Bangladesh ayollar futbol ligasi 2011-yilda Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mamlakatning eng yuqori darajadagi ichki ayollar futbol ligasi hisoblanadi. Lekin dastlab ikki mavsumdan so'ng (2013-yil), liga noma'lum sabablarga ko'ra noma'lum muddatga qoldirildi. 7 yillik uzoq tanaffusdan so'ng, Bangladesh Futbol Federatsiyasi 2020-yilda Bangladesh ayollar futbol ligasini qayta tashkil qildi. Hozirda Cholo Kheli Trust tashkiloti Bangladesh ayollar futbolining strategik hamkori hisoblanadi.

Cholo Kheli Trust xayriya jamg'armasini to`plash, sport, ta'lim, sog'liqni saqlash sohalarida axborot bilan birgalikda ishlash va strategiyalarni yaratish, Bangladeshning keyingi avlod yoshlarini sport va o'yinni sevishga, qadrlashga va o`ynashga ilhomlantirish, shuningdek, bu yo`lda boshqa tegishli vazirliklar bilan hamkorlikni amalga oshirish uchun tashkil etilgan. Cholo Kheli Trust tashkiloti, shuningdek, Bangladesh ayollar futbol ligasi o`yinchilarining yaxshi bilimli, sog'lom bo'lishlarini va dunyodagi eng yaxshi standartlardan xabardor bo'lishlariga ham harakat qiladi.

Bangladesh ayollar futbol ligasi chempionlari




Bangladesh ayollar futbol ligasi 2013-yildan 2020-yilga qadar to`xtatilgan. Lekin 2020-yilda qayta tashkil etilishidan oldin yangi mavsum g`oliblari 2019—2020-yillar mavsumi g`olibi bo`lishi kelishib olingan.

Statistika va o'yinchilar



Mavsumlarning eng yaxshi to'purarlari




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz