BANGIDEVONA (Datura Stramonium L.) — tomatdoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi tarqoq, tik shoxlanib o’sadi; bo’yi 1,2 metrcha. Bargi tuxumsimon, bandli, uchi qirrali. Gullari oq, barg qo’ltig’ida bittadan joylashgan. Mevasi yashil, tikan bilan qoplangan to’rt chanoqli tuxumsimon ko’sakcha: uzunligi 4,5 santimetrgacha boradi, 500 ga yaqin buyraksimon, qora tusli urug’beradi. Maydan iyungacha gullaydi va mevalaydi. Urug’idan ko’payadi. Bargi, poyasi, ildizida giossiamin, skopolamin, atripin kabi zaharli alkaloidlar bor. Bargidan revmatizm, nevralgiya kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorilar tayyorlanadi. Kurash choralari: ekinzorlar qo’lda o’toq qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish