BANGALOR



BANGALOR, Bengaluru — Hindiston Janubdagi shahar, Karnataka shtatining ma’muriy markazi. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 2,7 million kishi (1991). Mamlakatning muhim sanoat, fan va madaniyat markazi. Mashinasozlik (samolyotsozlik, stanoksozlik, telefon va elektr asbobuskunalari) sanoati, to’qimachilik, ko’p poyabzal, sovungarlik, farmasevtika korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan, chinni va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Kosmik tadqiqotlar markazi. Kurort joy, botanika boga bor. Shahar 16 – asrda vujudga kelgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz