Bang Min-ah




Bang Min-ah (1993-yil 13-mayda tugʻilgan), Minah mononimi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U 2010-yilda Girl’s Day qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan va 2015-yilda oʻzining birinchi yakkaxon I Am a Woman Too albomini chiqargan. U turli filmlar va teleseriallarda, jumladan Beautiful Gong Shim (2016) va My Absolute Boyfriend (2019) filmlarida bosh rollarni ijro etgan.

Yoshligi



Bang Min-ah 1993-yil 13-mayda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida tugʻilgan. U Jinsun qizlar oʻrta maktabida oʻqigan va Dongduk ayollar universitetida radioeshittirish boʻyicha tahsil olgan.

Musiqi faoliyati



Girl’s Day guruhi



2010-yil 9-iyulda Minah „Tilt My Head“ nomli birinchi singli bilan Music Bank ostidagi Girl’s Day qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan.

Yakkaxon sifatida faoliyati



Minah bir nechta yakkaxon singllarini chiqargan; ular orasida Lee Hyun-doning 4U loyiha albomidagi „Holding Hands“ qoʻshigʻi va SBSning Doctor Stranger dramasi uchun yozilgan „You and Me“ nomli soundtacki bor.

DreamT 2015-yil 3-mart kuni Minah oʻzining yakkaxon debyutini mart oyining oʻrtalarida oʻtkazishini eʼlon qilgan. Minah 2015-yil 15-martda I Am a Woman Too albomini chiqargan.

Minah 2017-yil 11-noyabrda „Other Way“ nomli yakkaxon raqamli singlini taqdim etgan. Minah „11°“ qoʻshigʻining soʻzlarini oʻzi yozgan va bastalagan.

Aktrisalik faoliyati



Minah oʻzining aktyorlik debyutini TvNning Roller Coaster nomli shousida „Frustrated, but Letʼs Stick Together“ epizodida suratga tushish orqali qilgan. Keyin u 2011-yilda Vampire Idol komediyasida ishtirok etgan.

Diskografiyasi



Singllari




Filmografiyasi



Filmlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz