Bandzeladze Nodar Ambrosyevich




Nodar Ambrosyevich Bandzeladze (1937.10.11, Gruziya — 2000) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Tbilisi Badiiyot akadimyasi da taʼlim olgan (1958—63). 1963-yildan Samarqandda. Ijodini metallga zarb berib, boʻrtma tasvirlar ishlash bilan boshlagan ("Samarqandlik rassom ayol", 1964), gips, toshdan haykallar ham ishlagan: "Nasriddinni tinglamoqdalar" (babbit, 1975); "Suv keddi" (gips), "Onalik" (tosh), "Uyqudagi bola" (tosh) — hammasi 1980; xirurg, professor Zokirov portreta (bronza, 1980), "Egizaklar" (tosh, 1983), "Mirsharapov ot ustida" (mis, 1984), "Motam" (tosh, 1984) va boshqa Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz