Bandlikka ko'maklashish markazlari




Bandlikka koʻmaklashish markazlari  — Oʻzbekistonda vaqtincha ishidan va mehnat daromadidan mahrum boʻlib qolgan fuqarolarga ishga joylashishda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlarning taʼminlanishida koʻmak koʻrsatuvchi organ. 2007-yil 6-maydagi 616-sonli „Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi OʻzR Prezidenti Qaroriga koʻra tuman-shahar mehnat boʻlimlari negizida tashkil etilgan boʻlib, ular zimmasiga:
ish bilan band boʻlmagan aholi hisobini olib borish;
ishsizlarni ishga joylashishlarida yordam koʻrsatish;
aholi bandligini samarali shakllarini rivojlantirish;
ishsiz fuqarolarni kasbga oʻqitish, malakasini oshirish va egallagan kasb-hunarlariga mos ish bilan taʼminlash;
ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga amal qilinishini nazorat qilish;
aholi ijtimoiy himoyasida qatnashish kabi vazifalar yuklatilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz