Bandixon




Bandixon  — Surxondaryo viloyatidagi dara. Boysunsoy vodiysi Takasakiradi tizmasini kesib oʻtgan joyda. B.ning uz. 10 — 12 km, tagining eng tor joy 8 — 10 m. Yon bagʻirlari tik, jan. yon bagʻrida baʼzan qiyaroq joylari ham uchraydi. B. yon bagʻirlari boʻr davrining gil, gips, ohaktosh, alevrolit jinslaridan, suvayirgʻich qismi paleogen ohaktoshlaridan tuzilgan. Ohaktosh jinslari qattiq boʻlganidan kam yemiriltan. Boysunsoy bu darada tor (4 — 5 m) oʻzanda oqadi. Boysun bilan Qumqoʻrgʻon shaharlari oʻrtasidagi eng yaqin yoʻl shu daradan oʻtadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz