BANDI KUSHOD MASJIDI
BANDI KUSHOD MASJIDI – Qashqadaryo viloyati Kosonsoy tumanidagi me’moriy yodgorlik (taxminan 16 – asr). Paxsadan, to’g’ri to’rtburchak tarhli (15,1 x 12,4 metr), tomi 6 gumbaz (diametri 2,5 — 2,9 metr) li. Sharqiy tomonga qaragan bosh tarzi sodda, ayvonli. Masjid xonaqohi (15×9 metr) ikki ustunli, bezaksiz. Devori ichkari va tashqaridan somonli loy bilan suvalgan. Masjid o’rta asrlardagi qishloqqa xos bino namunasi sifatida muhim. Bir necha marta ta’mir qilingan, dastlabki bezaklari saqlanmagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz