BAND



BAND (Yunoncha strophe — aynanburilish)— 1) she’riy misralar turkumi. Sharq mumtoz she’riyatida qofiyalanish tartibiga ko’ra ikki misradan o’n misragacha bo’lgan Bandlar mavjud. O’zbek xalq qo’shiqlarining aksariyati murabba’ shaklidagi Bandlardan tuzilgan, namunasi Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida uchraydi. Hozirgi o’zbek she’riyatida uchlik, yettilik, to’qqizlik, o’nlik, o’n beshlik va o’n oltilik kabi o’nga yaqin Band turlari mavjud; 2) o’simliksimon naqshlarda o’simlik tanasini ifodalovchi yo’l, islimiy naqshlar tarkibiy qismi, tanobga nisbatan ikkilamchi. Barg, gul, kurtak, marg’ula, jingala kabi unsurlarga ega.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz