BANANXO’RLAR



BANANXO’RLAR, turaco (Musophagidae) — kakkusimonlar turkumiga kiradigan qushlar oilasi, 18 tacha turi bor. Og’irligi 250 grammdan 1 kilogrammgacha. Turasin va turakoverdin kabi maxsus pigmentlar patlarining rangiga yarqiragan yashil va ko’k tus berib turadi. Sahroi Kabirdan Janubda Afrikaning o’rmonlari va savannalarida yashaydi. Bananxo’rlar ko’p vaqtini daraxt shoxlarida o’tkazadi. Ko’pincha daraxt shoxlariga uya qo’yadi. 2 ta tuxum bosadi. Tuxum bosishi 3 haftaga yaqin davom etadi. Jo’jalari 6 haftadan keyin uyani tashlab ketadi. Bu qushlarga bananxo’r deb noto’g’ri nom berilgan. Ular banan bilan emas, balki buta va daraxtlarning kurtaklari, meva va urug’lari bilan oziqlanadi. Vakillari: Kokildor turako (Corythaeola cristata), Efiopiya turakosi (Turaco ruspolii), T. bannermani turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi (TMQXI)ning Qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz